Moliya agenti olgan summalarning qarzdorga qaytarilishi
Mijoz qarzdor bilan tuzgan shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlarini buzgan taqdirda, qarzdor moliya agentiga oʻtgan pul talabnomasi boʻyicha toʻlangan summalarni moliya agentidan qaytarib berishni talab qilishga haqli emas.
Qarzdor pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish natijasida moliya agentiga toʻlangan summalarni, agar moliya agenti talabnomadan boshqa shaxs foydasiga voz kechish bilan bogʻliq vaʼda qilingan toʻlovni mijozga toʻlash majburiyatini bajarmaganligi yoki mijoz talabnomadan boshqa shaxs foydasiga voz kechish bilan bogʻliq toʻlovni olishi kerak boʻlgan qarzdor oldidagi majburiyatini buzganligini bila turib, bunday toʻlovni amalga oshirganligi isbot qilingan boʻlsa, ushbu summalar moliya agenti tomonidan qaytarilishini talab qilishga haqli.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish