Moliya agentining qarzdordan olingan summalarga huquqlari
Agar pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash shartnomasi shartlariga koʻra moliya agenti mijozdan bu talabni sotib olib, shu yoʻl bilan uni moliyalasa, moliya agenti qarzdor talabni bajarish uchun toʻlaydigan hamma summani olish huquqini qoʻlga kiritadi, mijoz esa moliya agenti olgan summalar u sotib olgan talabnomaning bahosidan kam boʻlib chiqqanligi uchun moliya agenti oldida javobgar boʻlmaydi.
Agar mijozning majburiyatlari moliya agentiga bajarilishini taʼminlash maqsadida pul talabnomasidan uning foydasiga voz kechilgan boʻlsa va pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, moliya agenti mijozga hisobot taqdim etishi hamda mijozning pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish bilan taʼminlangan qarzidan ortib qolgan summani mijozga berishi shart. Agar moliya agenti qarzdordan olgan pul mablagʻlari mijozning moliya agentiga pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish bilan taʼminlangan qarzi summasidan kam boʻlib chiqsa, mijoz qarzning qoldigʻi uchun moliya agenti oldida javobgar boʻlib qolaveradi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish