Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 797-modda

Akkreditivning amal qilish muddati va u boʻyicha hisob-kitob qilish tartibi

Akkreditivning amal qilish muddati va u boʻyicha hisob-kitob qilish tartibi pul mablagʻlarini toʻlovchi bilan oluvchi oʻrtasidagi shartnomada belgilab qoʻyiladi.

Shartnomada yana quyidagilar boʻlishi kerak:

bank-emitentning nomi;

akkreditivning turi va uni bajarish usuli;

mablagʻlarni oluvchini akkreditiv ochilganligi haqida xabardor qilish usuli;

akkreditiv boʻyicha mablagʻlar olish uchun oluvchi tomonidan taqdim etiladigan hujjatlarning toʻliq roʻyxati va aniq tavsifi;

tovarlar joʻnatilganidan (xizmatlar koʻrsatilgan, ishlar bajarilganidan) keyin hujjatlarni taqdim etish muddatlari, ularni rasmiylashtirishga qoʻyiladigan talablar.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.