Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 728-modda

Transport ekspeditsiyasi shartnomasi boʻyicha ekspeditorning javobgarligi

Transport ekspeditsiyasi shartnomasi boʻyicha majburiyatlarni bajarmaganligi yoki tegishli darajada bajarmaganligi uchun ekspeditor ushbu Kodeks 24-bobining qoidalariga muvofiq belgilanadigan asoslarda va miqdorda javobgar boʻladi.

Agar ekspeditor majburiyatning buzilishi tashish shartnomalari tegishli ravishda bajarilmaganligi tufayli kelib chiqqanini isbotlasa, ekspeditorning mijoz oldidagi javobgarligi tegishli tashuvchi ekspeditor oldida javobgar boʻladigan qoidalarga muvofiq belgilanadi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.