Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 752-modda

Mijozning moliya agenti oldidagi javobgarligi

Mijoz qarzdorning mijozga nisbatan qarshi talablari mavjudligi toʻgʻrisida axborot taqdim etilishi va boshqa shaxs foydasiga voz kechish narsasi boʻlgan pul talabnomasining haqiqiyligi uchun moliya agenti oldida javobgar boʻladi.

Agar mijoz pul talabnomasini topshirish huquqiga ega boʻlsa va ushbu talabnomadan boshqa shaxs foydasiga voz kechish paytida u qarzdor bu huquqni bajarmaslikka haqli boʻladigan vaziyatlardan bexabar boʻlsa, boshqa shaxs foydasiga voz kechish narsasi boʻlgan pul talabnomasi haqiqiy hisoblanadi.

Agar pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, qarzdor boshqa shaxs foydasiga voz kechish narsasi boʻlgan pul talabnomasini bajarmaganligi yoki tegishli darajada bajarmaganligi uchun mijoz javobgar boʻlmaydi.

Agar pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, mijoz pul talabnomasini uchinchi shaxslarning har qanday huquqlaridan ozod holda topshirishi kerak.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.