Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 794-modda

Topshiriqni ijro etish

Mijozning toʻlov topshiriqnomasini qabul qilgan bank tegishli pul summasini topshiriqnomada koʻrsatilgan shaxsning hisobvaragʻiga oʻtkazish uchun uni mablagʻ oluvchining bankiga ushbu Kodeksning 792-moddasi birinchi qismida belgilab qoʻyilgan muddatlarda oʻtkazishi shart.

Bank mijozning topshiriqnomasida koʻrsatilgan hisobvaraqqa pul mablagʻlarini oʻtkazish operatsiyalarini bajarish uchun boshqa banklarni jalb qilishga haqli.

Bank mijozning talabiga koʻra, agar qonunda boshqacha tartib belgilab qoʻyilgan boʻlmasa, topshiriqning bajarilganligi haqida unga darhol xabar berishi shart.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.