Mablagʻ olish maqsadida boshqa shaxs foydasiga voz kechiladigan pul talabnomasi
Toʻlov muddati kelgan pul talabnomasi ham (mavjud talabnoma), shuningdek kelajakda vujudga keladigan pul mablagʻlarini olish huquqi (boʻlajak talabnoma) ham moliyalash evaziga boshqa shaxs foydasiga voz kechiladigan narsa boʻlishi mumkin.
Pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash shartnomasida boshqa shaxs foydasiga voz kechish narsasi boʻlgan pul talabnomasini identifikatsiya qilish imkonini beradigan maʼlumotlar boʻlishi kerak.
Boʻlajak pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechilganida, u shartnomada nazarda tutilgan talabnomadan boshqa shaxs foydasiga voz kechish narsasi boʻlgan pul mablagʻlarini qarzdordan olish huquqi vujudga kelganidan keyin moliya agentiga oʻtgan hisoblanadi. Agar pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish maʼlum voqeaga bogʻliq boʻlsa, boshqa shaxs foydasiga voz kechish ushbu voqea yuz berganidan keyin kuchga kiradi. Bunday hollarda pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechishni qoʻshimcha rasmiylashtirish talab qilinmaydi.
Moliya agentining pul talabnomasiga boʻlgan huquqi mazkur talabnomadan kelib chiqadigan barcha daromadlarga nisbatan tatbiq etiladi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish