Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 792-modda

Toʻlov topshiriqnomalari bilan qilinadigan hisob-kitoblar toʻgʻrisida umumiy qoidalar

Toʻlov topshiriqnomasi bilan hisob-kitob qilinganida bank mijozning topshirigʻiga muvofiq uning hisobvaragʻidagi mablagʻlar hisobidan maʼlum miqdor pul summasini mijoz koʻrsatgan shaxsning shu yoki boshqa bankdagi hisobvaragʻiga qonunchilikda nazarda tutilgan muddatlarda, agar bank hisobvaragʻi shartnomasida qisqaroq muddat nazarda tutilgan boʻlmasa yoki u bank amaliyotida qoʻllaniladigan ish muomalasi odatlarida belgilangan boʻlmasa, oʻtkazish majburiyatini oladi.

Toʻlov topshiriqnomasida mablagʻlarni oluvchi sifatida koʻrsatilgan shaxs bankdan toʻlovni amalga oshirishni talab qilish huquqiga ega boʻlmaydi, bunday huquq qonunda yoki mijozning bank bilan tuzgan shartnomasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.