Yuk tashishga nisbatan talab va daʼvolar
Tashuvchiga nisbatan yuk tashishdan kelib chiqadigan daʼvoni qoʻzgʻatishdan oldin unga tegishli transport ustavi yoki kodeksida nazarda tutilgan tartibda talab qoʻyilgan boʻlishi shart.
Agar yuk tashuvchi talabni qondirishni toʻliq yoki qisman rad etsa yoki oʻttiz kunlik muddat ichida talabga javob qaytarmasa, yuk joʻnatuvchi yoki yuk oluvchi tashuvchiga nisbatan daʼvo qoʻzgʻatishi mumkin.
Yuk tashishdan kelib chiqadigan talablar boʻyicha daʼvo qoʻzgʻatish muddati ushbu Kodeksning 154-moddasiga muvofiq belgilanadigan paytdan boshlab bir yil qilib belgilanadi.
Ushbu moddaning qoidalari yoʻlovchi yoki bagaj tashishdan kelib chiqadigan talablarga taalluqli emas.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish