Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 788-modda

Bank hisobvaragʻi shartnomasini bekor qilish

Bank hisobvaragʻi shartnomasi mijozning arizasiga muvofiq istalgan vaqtda bekor qilinadi.

Bankning talabiga koʻra bank hisobvaragʻi shartnomasi quyidagi hollarda sud tomonidan bekor qilinishi mumkin:

mijozning hisobvaragʻida saqlanayotgan pul mablagʻlari summasi bank qoidalarida yoki shartnomada koʻzda tutilgan eng kam miqdordan oz boʻlsa, agar bunday summa bank bu haqda ogohlantirgan kundan boshlab bir oyda tiklanmasa;

agar shartnomada boshqa muddat nazarda tutilgan boʻlmasa, ushbu hisobvaraq boʻyicha bir yil davomida operatsiyalar qilinmagan boʻlsa.

Hisobvaraqdagi pul mablagʻlarining qoldigʻi mijozning tegishli yozma arizasi olinganidan keyin kechi bilan yetti kun ichida mijozga beriladi yoki uning koʻrsatmasiga muvofiq boshqa hisobvaraqqa oʻtkaziladi.

Bank hisobvaragʻi shartnomasining bekor qilinishi mijoz hisobvaragʻini yopish uchun asos boʻladi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.