Tijorat krediti
Bajarilishi uchun pul summalarini yoki turga xos alomatlari bilan belgilanadigan boshqa ashyolarni ikkinchi tarafga mulk qilib topshirish talab qilinadigan shartnomalarda, agar qonunchilikda boshqa hol belgilab qoʻyilgan boʻlmasa, kredit berish, shu jumladan boʻnak, oldindan haq toʻlash, tovarlarga, ishlar yoki xizmatlarga haq toʻlashni kechiktirish va boʻlib-boʻlib toʻlash shaklida kredit berish (tijorat krediti) nazarda tutilishi mumkin.
Tegishli majburiyat bayon qilingan shartnoma toʻgʻrisidagi qoidalarda boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa va u mazkur majburiyatning mohiyatiga zid kelmasa, tijorat kreditiga nisbatan tegishli suratda ushbu bobning qoidalari qoʻllanadi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish