Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 786-modda

Bank siri

Banklar bank hisobvaragʻi va bank omonati, hisobvaraq boʻyicha operatsiyalar hamda mijoz haqidagi maʼlumotlar sir saqlanishini kafolatlaydi.

Bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlar faqat mijozlarning oʻzlariga yoki ularning vakillariga berilishi mumkin. Davlat organlariga va ularning mansabdor shaxslariga bunday maʼlumotlar qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda berilishi mumkin.

Bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlar bank tomonidan oshkor qilingan taqdirda, huquqlari buzilgan mijoz keltirilgan zararning oʻrnini qoplashni bankdan talab qilishga haqli.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.