Hisobvaraq boʻyicha operatsiyalar oʻz vaqtida amalga oshirilmaganligi va pul mablagʻlari asossiz oʻchirilganligi uchun bankning javobgarligi
Mijozga kelgan pul mablagʻlari hisobvaraqqa oʻz vaqtida kiritib qoʻyilmagan yoki bank hisobvaraqdan mablagʻlarni asossiz ravishda oʻchirgan hollarda bank mijozning talabi bilan tegishli summani darhol hisobvaraqqa kiritib qoʻyishi shart, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Bank oʻz vaqtida kiritilmagan yoki asossiz oʻchirilgan summaga ushbu Kodeksning 327-moddasiga muvofiq foizlar toʻlashi va zararning oʻrnini qoplashi ham shart. Bank hisobvaraqdan mablagʻlarni oʻz vaqtida bermaganligi va mijozning hisobvaraqdan mablagʻlarni oʻtkazish haqidagi farmoyishlarini oʻz vaqtida bajarmaganligi uchun ham javobgar boʻladi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish