Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 721-modda

Yuk yoki bagaj yoʻqolganligi, kam chiqqanligi va ularga shikast yetkazilganligi (buzilganligi) uchun tashuvchining javobgarligi

Agar tashuvchi yuk yoki bagajning yoʻqolishi, kam chiqishi yoki shikastlanishida (buzilishida) oʻzining aybi yoʻqligini isbot qilib bera olmasa, tashish uchun qabul qilib olgan yuk va bagaj yoʻqolganligi, kam chiqqanligi yoki ularga shikast yetkazilganligi (buzilganligi) uchun javobgar boʻladi.

Yuk yoki bagajni tashish vaqtida yetkazilgan zarar tashuvchi tomonidan quyidagi miqdorda toʻlanadi:

yuk yoki bagaj yoʻqolgan yoxud kam chiqqan taqdirda — yoʻqolgan yoki kam chiqqan yuk yoxud bagajning qiymati miqdorida;

yuk yoki bagajga shikast yetkazilgan (buzilgan) taqdirda — uning qiymati qancha pasaygan boʻlsa, shuncha summa miqdorida, shikastlangan (buzilgan) yuk yoki bagajni tiklash mumkin boʻlmaganida esa, uning qiymati miqdorida;

bahosini eʼlon qilgan holda tashishga topshirilgan yuk yoki bagaj yoʻqolgan taqdirda — yuk yoki bagajning eʼlon qilingan qiymati miqdorida.

Transport tashkiloti real zararni toʻlash bilan birga yoʻqolgan, kam chiqqan yoki shikastlangan (buzilgan) yukni tashish uchun olgan kira haqini, agar u yukning bahosiga kirmasa, joʻnatuvchi (oluvchi)ga qaytarib beradi.

Joʻnatuvchi tashuvchidan yuklar yoʻqolishi, kam chiqishi yoki shikastlanishi (buzilishi) tufayli yetkazilgan boshqa zararni ham toʻlashni talab qilishga haqli.

Yuk yoʻqolganligi, kam chiqqanligi, shikastlanganligi (buzilganligi) uchun bir yoʻnalishda har xil transportda tashuvchilar yuk joʻnatuvchi (yuk oluvchi) oldida solidar javobgar boʻladilar.

Agar oxirgi tashuvchi yukning kechikib kelishida tashuvchilarning aybi yoʻqligini isbot qilib bera olmasa, yukning kechikib kelganligi uchun javobgar boʻladi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.