FuqarolikCIVIL · 747-modda
Ashyolarni kreditga berish shartnomasi
Taraflar bir tarafning kredit shartnomasi shartlari asosida turga xos alomatlari bilan belgilangan ashyolarni ikkinchi tarafga berish majburiyatini nazarda tutuvchi shartnomani tuzishlari mumkin.
Ashyolarni kreditga berish toʻgʻrisidagi shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, shartnomaning berilayotgan ashyolarning miqdori, assortimenti, toʻliqligi, sifati, idishi va (yoki) oʻralishi haqidagi shartlari tovarlarni oldi-sotdi shartnomasi toʻgʻrisidagi qoidalarga muvofiq bajarilishi shart.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish