Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 782-modda

Bankning va mijozning muqobil talablarini hisobga olish

Bankning hisobvaraqni kreditlash hamda bank xizmatlari uchun haq toʻlash bilan bogʻliq holda mijoz oldiga qoʻyiladigan pul talablari, shuningdek mijozning pul mablagʻlaridan foydalanganlik uchun foizlar toʻlash haqida bank oldiga qoʻyadigan talablari, agar bank hisobvaragʻi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, bir-birlarining talablarini hisobga olish yoʻli bilan bekor qilinadi.

Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan talablar bank tomonidan hisobga olinib, u talablar hisobga olinganligi toʻgʻrisida mijozga bank hisobvaragʻi shartnomasida belgilab qoʻyilgan tartibda va muddatlarda, bordiyu tegishli shartlarni taraflar kelishib olishmagan boʻlsa, banklar odatda tegishli hisobvaraqdagi pul mablagʻlarining holati toʻgʻrisida mijozlarga axborot beradigan tartibda va muddatlarda axborot berishi shart.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.