Transport vositalarini berish, yuk ortish (tushirish)
Tashuvchi yuk joʻnatuvchiga tegishli yukni tashishga yaroqli shay holdagi transport vositalarini joʻnatuvchidan qabul qilingan talabnoma (buyurtma)da, tashish shartnomasida yoki tashishni tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomada belgilangan muddatda yuk ortish uchun berishi shart.
Berilgan transport vositalari tegishli yukni tashishga yaroqsiz boʻlsa, yuk joʻnatuvchi bunday transportni rad etishga haqli.
Yuk ortish (tushirish) transport tashkiloti yoki joʻnatuvchi (oluvchi) tomonidan tashish shartnomasida nazarda tutilgan tartibda transport ustavlari, kodekslari hamda ularga muvofiq chiqarilgan qoidalarga rioya qilgan holda amalga oshiriladi.
Yuk joʻnatuvchi (oluvchi)ning kuch va vositalari bilan amalga oshiriladigan yuk ortish (tushirish) ishlari tashish shartnomasida nazarda tutilgan muddatlarda, agar bunday muddatlar transport ustavlari va kodekslarida hamda ularga muvofiq chiqarilgan qoidalarda belgilab qoʻyilgan boʻlmasa, bajarilishi kerak.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish