Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 775-modda

Bank hisobvaragʻi shartnomasini tuzish

Bank hisobvaragʻi shartnomasi bank tomonidan mijozga yoki u koʻrsatgan shaxsga bankda taraflar kelishgan shartlarda hisobvaraq ochish yoʻli bilan tuziladi.

Yuridik shaxslar va fuqarolar oʻzlariga hisob-kitob va kassa xizmati koʻrsatadigan banklarni mustaqil tanlaydilar.

Bank muayyan turdagi hisobvaraqlar ochish uchun eʼlon qilgan, qonunda va qonunga muvofiq belgilab qoʻyilgan bank qoidalarida nazarda tutilgan tegishli talablarga mos keladigan shartlar asosida hisobvaraq ochishni taklif qilib murojaat etgan mijoz bilan bank hisobvaragʻi shartnomasi tuzishi shart.

Bank tegishli operatsiyalarni amalga oshirish qonunda, bankning taʼsis hujjatlarida va unga berilgan litsenziyada nazarda tutilgan hisobvaraqni ochishni rad etishga haqli emas, ana shunday rad etishga bankda bank xizmati koʻrsatishga qabul qilish imkoniyati yoʻqligi sabab boʻlgan hollar bundan mustasno.

Bank bank hisobvaragʻi shartnomasini tuzishdan asossiz ravishda bosh tortgan taqdirda, mijoz uning oldiga ushbu Kodeks 377-moddasining oltinchi va yettinchi qismlarida nazarda tutilgan talablarni qoʻyishga haqli.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.