Omonat (depozit) sertifikati
Omonat (depozit) sertifikati egasining nomi yozilgan qimmatli qogʻoz boʻlib, bankka qoʻyilgan omonat summasini ham, omonatchining (sertifikat saqlovchining) belgilangan muddat tamom boʻlganidan keyin sertifikatni bergan bankda yoki ushbu bankning istalgan filialida omonat summasini va sertifikatda koʻrsatib qoʻyilgan foizlarni olish huquqini ham tasdiqlaydi.
Omonat (depozit) sertifikati pul toʻlash uchun muddatidan oldin taqdim etilgan taqdirda bank, agar sertifikatning shartlarida foizlarning boshqacha miqdori belgilab qoʻyilgan boʻlmasa, omonat summasini va talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlar boʻyicha toʻlanadigan foizlarni toʻlaydi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish