Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 771-modda

Bank hisobvaragʻi shartnomasi

Bank hisobvaragʻi shartnomasi boʻyicha bir taraf — bank yoki boshqa kredit muassasasi (bundan buyon matnda — bank) ikkinchi tarafning — mijozning (hisobvaraq egasining) hisobvaragʻiga tushayotgan pul mablagʻlarini qabul qilish va kiritib qoʻyish, mijozning hisobvaraqdan tegishli summalarini oʻtkazish va toʻlash hamda hisobvaraq boʻyicha boshqa operatsiyalarni amalga oshirish haqidagi farmoyishlarini bajarish majburiyatini oladi.

Ushbu bobning banklarga taalluqli qoidalari boshqa kredit tashkilotlari oʻzlariga berilgan ruxsatnoma (litsenziya)ga muvofiq bank hisobvaragʻi shartnomasini tuzish va bajarish chogʻida ularga nisbatan ham qoʻllanadi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.