Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 769-modda

Omonat daftarchasi

Agar taraflarning kelishuvida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, fuqaro bilan bank omonati shartnomasi tuzish hamda uning hisobvaragʻiga omonat boʻyicha pul mablagʻlarini kiritib qoʻyish omonat daftarchasi bilan tasdiqlanadi.

Omonat daftarchasida bankning yoki uning tegishli filialining nomi, uning joylashgan manzili hamda omonat boʻyicha hisobvaraq nomeri, shuningdek hisobvaraqqa kiritilgan hamma pul mablagʻlari summasi, hisobvaraqdan oʻchirilgan hamma pul mablagʻlari summasi va omonat daftarchasi bankka taqdim etilgan paytda hisobvaraqdagi pul mablagʻlarining qoldigʻi koʻrsatilgan va tasdiqlangan boʻlishi shart.

Agar omonatning boshqa holati isbot qilingan boʻlmasa, omonat toʻgʻrisida omonat daftarchasida koʻrsatilgan maʼlumotlar bank bilan omonatchi oʻrtasida omonat boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun asos boʻladi.

Bank omonati shartnomasida egasining nomi yozilgan omonat daftarchasini berish nazarda tutiladi.

Bank omonat daftarchasi taqdim etilganida omonatni beradi, unga foizlar toʻlaydi hamda omonatchining omonat boʻyicha hisobvaraqdagi pul mablagʻlarini boshqa shaxslarga oʻtkazish haqidagi topshirigʻini bajaradi.

Agar egasining nomi yozilgan omonat daftarchasi yoʻqotilgan boʻlsa yoki taqdim etish uchun yaroqsiz holga keltirilgan boʻlsa, bank omonatchining arizasiga muvofiq unga yangi omonat daftarchasi beradi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.