FuqarolikCIVIL · 739-modda
Aniq maqsadli qarz
Agar qarz shartnomasi qarz oluvchining mablagʻlardan aniq maqsadda (aniq maqsadli qarz) foydalanishi sharti bilan tuzilgan boʻlsa, qarz oluvchi qarz beruvchiga qarz summasidan aniq maqsadda foydalanilishini nazorat qilish imkoniyatini taʼminlab berishi shart.
Qarz oluvchi qarz shartnomasining qarz summasidan aniq maqsadda foydalanish haqidagi shartlarini bajarmagan taqdirda, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, qarz beruvchi qarz oluvchidan qarz summasini muddatidan oldin qaytarishni va tegishli foizlarni toʻlashni talab qilishga haqli.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish