Qarz shartnomasi yuzasidan daʼvolashish
Qarz oluvchi pul yoki boshqa ashyolarni qarz beruvchidan amalda olmaganligini yoki shartnomada koʻrsatilganidan kam miqdorda olganligini isbot qilib, qarz shartnomasi yuzasidan daʼvolashishga haqli.
Yozma shaklda tuzilishi lozim boʻlgan qarz shartnomasi yuzasidan guvohlarning koʻrsatmalari yordamida daʼvolashish mumkin emas, shartnoma aldash, zoʻrlik ishlatish, tahdid qilish, qarz oluvchining vakili qarz beruvchi bilan yomon niyatda kelishishi yoki qiyin vaziyatlar taʼsirida tuzilgan hollar bundan mustasno.
Agar qarz oluvchi qarz shartnomasi yuzasidan daʼvolashuvi jarayonida pul yoki boshqa ashyolar haqiqatan ham qarz beruvchidan olinmaganligi aniqlansa, qarz shartnomasi tuzilmagan hisoblanadi. Qarz oluvchi qarz beruvchidan pul yoki boshqa ashyolarni shartnomada koʻrsatilganidan amalda kam miqdorda olgan hollarda shartnoma ana shu miqdordagi pul yoki ashyolarga tuzilgan hisoblanadi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish