Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 705-modda

Xizmatlarga haq toʻlash

Buyurtmachi oʻziga koʻrsatilgan xizmatlar haqini haq evaziga xizmat koʻrsatish shartnomasida koʻrsatilgan muddatlarda va tartibda toʻlashi shart.

Ijrochi oʻzi aybdor boʻlmagani holda xizmatni bajara olmagan taqdirda buyurtmachi ijrochiga uning xarajatlarini toʻlashi shart, bunda ijrochining xizmat (xizmatlar) koʻrsatishdan ozod qilinishi munosabati bilan olgan yoki olishi mumkin boʻlgan foydasi chegirib qolinadi. Buyurtmachining aybi bilan xizmatni bajarish mumkin boʻlmay qolgan taqdirda, agar qonunchilikda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, xizmatlar bahosi butunlay toʻlanishi kerak.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.