FuqarolikCIVIL · 707-modda
Haq evaziga xizmat koʻrsatish shartnomasini bekor qilish
Buyurtmachi xizmatlarning belgilangan bahosini batamom toʻlash sharti bilan haq evaziga xizmat koʻrsatish shartnomasini bekor qilishni talab qilishga haqli, shartnoma ijrochining aybli harakatlari tufayli bekor qilingan hollar bundan mustasno.
Ijrochi shartnoma bekor qilinishi tufayli buyurtmachiga yetkazilgan zararning hammasini toʻlash sharti bilangina haq evaziga xizmat koʻrsatish shartnomasini bekor qilishni talab qilishga haqli, shartnoma buyurtmachining aybi bilan bekor qilingan hollar bundan mustasno.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish