Yoʻlovchi tashish shartnomasi
Yoʻlovchi tashish shartnomasi boʻyicha tashuvchi yoʻlovchini, yoʻlovchi bagaj topshirgan boʻlsa — bagajni ham belgilangan manzilga eltib berish hamda bagajni olishga vakolat berilgan shaxsga topshirish majburiyatini oladi. Bunda yoʻlovchi belgilangan yoʻl haqini, bagaj topshirgan boʻlsa, bagaj tashish haqini ham toʻlash majburiyatini oladi.
Yoʻlovchi va bagaj tashish shartnomasi tuzilganligi tegishli chipta va bagaj pattasi bilan tasdiqlanadi.
Yoʻlovchi tegishli transport ustavi yoki kodeksida nazarda tutilgan tartibda:
oʻzi bilan bolalarni bepul yoki boshqa imtiyozli shartlarda olib yurish;
belgilangan miqdor doirasida oʻzi bilan bepul bagaj olib yurish;
belgilangan miqdor doirasida bepul, miqdordan ortiqchasi uchun esa — tarif boʻyicha haq toʻlab, tashish uchun bagaj topshirish huquqiga ega.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish