FuqarolikCIVIL · 709-modda
Yoʻlovchi, bagaj va yuk tashishning umumiy qoidalari
Yoʻlovchi, bagaj va yuk tashish (quyida tashish deb yuritiladi) tashish shartnomasi asosida amalga oshiriladi.
Tashishning umumiy shartlari ushbu Kodeks, transport ustavlari va kodekslari, boshqa qonunlar va ularga muvofiq chiqarilgan qoidalar bilan belgilanadi.
Transportning ayrim turlarida yoʻlovchi, bagaj va yuk tashish shartlari, shuningdek taraflarning ularni tashish boʻyicha javobgarligi, agar ushbu Kodeksda, transport ustavlari va kodekslarida, boshqa qonunlarda va ularga muvofiq chiqarilgan qoidalarda boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, taraflarning kelishuvi bilan belgilanadi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish