Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 701-modda

Shartnomani buzganlik uchun pudratchining javobgarligi

Pudratchi ilmiy-tekshirish ishlari yoxud tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari shartnomasini umuman va tegishli darajada bajarmaganligi uchun, agar shartnomaning buzilishida oʻzining aybi yoʻqligini isbot qilmasa, buyurtmachi oldida javobgar boʻladi.

Agar shartnomada oʻzgacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, buyurtmachining ishlar qiymati doirasida koʻrgan real zararini pudratchi qoplashi shart.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.