Ishning sifati
Pudratchi bajargan ish pudrat shartnomasining shartlariga, shartlar boʻlmaganida yoki toʻliq boʻlmaganida esa, odatda tegishli turdagi ishlarga qoʻyiladigan talablarga mos kelishi kerak. Agar qonunchilikda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, bajarilgan ish natijasi buyurtmachiga topshirish paytida shartnomada koʻrsatilgan yoki odatda qoʻyiladigan talablar bilan belgilangan xususiyatlarga ega boʻlishi va oqilona muddat davomida shartnomada nazarda tutilganidek foydalanish uchun, agar u shartnomada belgilangan boʻlmasa, bunday turdagi ishning natijasidan odatdagidek foydalanish uchun yaroqli boʻlishi kerak.
Agar qonunchilikda pudrat shartnomasi boʻyicha bajariladigan ishga qoʻyiladigan majburiy talablar nazarda tutilgan boʻlsa, tadbirkor sifatida ish olib borayotgan pudratchi ishni bunday majburiy talablarga amal qilgan holda bajarishi shart.
Pudratchi belgilangan majburiy talablarga nisbatan sifat jihatidan birmuncha yuqori talablarga javob beradigan ishni bajarishni pudrat shartnomasi asosida oʻz zimmasiga olishi mumkin.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish