Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 645-modda

Buyurtmachining yordami

Pudratchining ishni bajarishiga buyurtmachi pudrat shartnomasida nazarda tutilgan hollarda, hajmda va tartibda yordam berishi shart.

Buyurtmachi bu majburiyatni bajarmasa, pudratchi koʻrilgan zararni, shu jumladan bekor turib qolganlik oqibatidagi qoʻshimcha chiqimlarni qoplashni yoki ishni bajarish muddatini oʻzgartirish yoxud pudrat shartnomasida koʻrsatilgan ish bahosini oshirishni talab qilishga haqli.

Buyurtmachining harakati yoki yoʻl qoʻygan xatosi tufayli pudrat shartnomasi boʻyicha ishni bajarish mumkin boʻlmay qolgan taqdirda, pudratchi ishning bajarilgan qismini hisobga olgan holda shartnomada koʻrsatilgan bahoni olish huquqini saqlab qoladi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.