Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 644-modda

Buyurtmachining pudrat shartnomasi boʻyicha muqobil majburiyatlarni bajarmasligi

Buyurtmachi pudrat shartnomasi boʻyicha oʻzining muqobil majburiyatlarini bajarmaganligi, xususan material, uskunalar, texnik hujjatlarni yoki qayta ishlanishi (ishlov berilishi) kerak boʻlgan ashyoni bermaganligi pudratchining shartnomani bajarishiga toʻsqinlik qilgan hollarda, shuningdek mazkur majburiyatlar belgilangan muddatda bajarilmasligini yaqqol koʻrsatib turgan holatlar mavjud boʻlganida (ushbu Kodeksning 256-moddasi) pudratchi ishga kirishmaslikka, boshlangan ishni esa toʻxtatib qoʻyishga haqli.

Agar pudrat shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, pudratchi ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, shartnomani bajarishdan bosh tortishga va zararning qoplanishini talab qilishga haqli.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.