Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 652-modda

Ish sifatining tegishli darajada emasligi xususida daʼvo qoʻzgʻatish muddati

Ish sifatining tegishli darajada emasligi tufayli kelib chiqqan talablar uchun daʼvo qoʻzgʻatish muddati ushbu Kodeks 150-moddasining qoidalariga binoan belgilanadi.

Agar qonunchilik yoki pudrat shartnomasida pudratchining ish sifatiga kafolat berishi nazarda tutilgan, kafolat muddati belgilangan va ishdagi kamchiliklar xususidagi ariza kafolat muddatida berilgan boʻlsa, daʼvo qoʻzgʻatish muddati kamchiliklar xususida ariza berilgan kundan eʼtiboran oʻta boshlaydi.

Agar pudrat shartnomasiga muvofiq buyurtmachi ish natijasini qismlarga boʻlib qabul qilgan boʻlsa, daʼvo muddati ish natijasi butunlay qabul qilib olingan kundan eʼtiboran oʻta boshlaydi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.