Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 650-modda

Ishning sifati lozim darajada boʻlmaganligi uchun pudratchining javobgarligi

Agar ish pudratchi tomonidan pudrat shartnomasidan chetga chiqqan holda bajarilib, ish natijasini yomonlashtirgan boʻlsa, yoki uni shartnomada nazarda tutilgan maqsadlar uchun yoxud shartnomada yaroqsizlik haqida tegishli shartlar boʻlmagan taqdirda, odatdagi maqsadlar uchun foydalanishga yaroqsiz qilib qoʻyadigan boshqa kamchiliklar bilan bajarilgan boʻlsa, buyurtmachi, basharti qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, oʻz xohishiga koʻra pudratchidan:

kamchiliklarni oqilona muddatda bepul bartaraf etishni;

ish uchun belgilangan bahoni mutanosib ravishda kamaytirishni;

shartnomada buyurtmachining kamchiliklarni bartaraf etish huquqi nazarda tutilgan boʻlsa, ularni bartaraf etishga qilgan oʻz xarajatlarini qoplashni talab qilishga haqli.

Pudratchi ishdagi oʻzi javobgar boʻlgan kamchiliklarni bartaraf etish oʻrniga, buyurtmachiga shartnomani bajarishni kechiktirganlik natijasida yetkazgan zararni qoplagan holda ishni yangidan bepul bajarib berishga haqli. Bunday holda buyurtmachi ilgari oʻziga topshirilgan ish natijasini, agar ishning xarakteriga koʻra uni qaytarib berish mumkin boʻlsa, pudratchiga qaytarib berishi shart.

Agar ishdagi pudrat shartnomasi shartlaridan chetga chiqishlar yoki boshqa xil kamchiliklar jiddiy va bartaraf etib boʻlmaydigan darajada boʻlsa yoxud aniqlangan kamchiliklar buyurtmachi tomonidan belgilangan oqilona muddatda bartaraf etilmagan boʻlsa, buyurtmachi shartnomani bajarishdan bosh tortishga va keltirilgan zararni qoplashni talab qilishga haqli.

Pudrat shartnomasining muayyan kamchilik uchun pudratchini javobgarlikdan ozod qilish toʻgʻrisidagi sharti, agar bunday nuqsonlar pudratchining aybli harakatlari yoki harakatsizligi tufayli vujudga kelganligi isbotlansa, pudratchini javobgarlikdan ozod qilmaydi.

Ishni bajarish uchun material bergan pudratchi uning sifati uchun sotuvchining sifati lozim darajada boʻlmagan tovar uchun javobgarligi toʻgʻrisidagi qoidalar boʻyicha javobgar boʻladi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.