FuqarolikCIVIL · 649-modda
Kafolat muddatini hisoblash tartibi
Agar pudrat shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, kafolat muddati buyurtmachi bajarilgan ish natijasini qabul qilgan yoki qabul qilishi lozim boʻlgan paytdan oʻta boshlaydi.
Agar qonunchilikda yoki taraflarning kelishuvida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa yoxud u pudrat shartnomasining xususiyatlaridan kelib chiqmasa, pudrat shartnomasi boʻyicha kafolat muddatini hisoblash uchun ushbu Kodeks 404-moddasining ikkinchi, uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlarida koʻrsatilgan qoidalar tegishincha tatbiq etiladi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish