FuqarolikCIVIL · 637-modda
Pudratchining tejami
Pudratchining amaldagi xarajatlari ish bahosini aniqlash vaqtida (smeta tuzilayotganda) nazarda tutilgan xarajatlardan kam boʻlgan hollarda, basharti buyurtmachi pudratchining tejami bajarilgan ish sifatiga taʼsir etganligini isbotlay olmasa, pudratchi ishlar uchun pudrat shartnomasida koʻrsatilgan baho boʻyicha haq olish huquqini saqlab qoladi.
Pudrat shartnomasida pudratchining tejami taraflar oʻrtasida taqsimlanishi nazarda tutilishi mumkin.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish