Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 635-modda

Ishni bajarish muddatlari

Pudrat shartnomasida ishni bajarishning boshlangʻich va oxirgi muddatlari koʻrsatiladi. Taraflar oʻrtasidagi kelishuvga muvofiq, shartnomada ishning ayrim bosqichlarini tugallash muddatlari (oraliq muddatlar) ham nazarda tutilishi mumkin.

Pudrat shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, pudratchi ishni bajarishning boshlangʻich va oxirgi, shuningdek oraliq muddatlarini buzganlik uchun javobgar boʻladi.

Pudrat shartnomasida koʻrsatilgan ishni bajarishning boshlangʻich, oxirgi va oraliq muddatlari shartnomada nazarda tutilgan hollarda va tartibda oʻzgartirilishi mumkin.

Ushbu Kodeks 337-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan ijro muddatini kechiktirish oqibatlari ishni bajarishning oxirgi muddatiga rioya etilmagan hollarda yuzaga keladi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.