Pudrat shartnomasi boʻyicha bajariladigan ishlar
Pudrat shartnomasi ashyoni tayyorlash yoki uni qayta ishlash (ishlov berish) yoxud boshqa ishni bajarib, natijasini buyurtmachiga berish yoki boshqacha tarzda topshirish haqida tuziladi.
Agar pudrat shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, ish pudratchining materiallari, uning kuchi va mablagʻlari hisobidan bajariladi.
Agar pudrat shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, buyurtmachining topshirigʻini bajarish usullarini pudratchi mustaqil belgilaydi.
Pudratchi oʻzi bergan materiallar va uskunalarning sifati tegishli darajada boʻlmaganligi uchun, shuningdek uchinchi shaxslar huquqlari boʻlgan materiallar va uskunalarni berganligi uchun javobgar boʻladi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish