Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 628-modda

Tekin foydalanish shartnomasidan voz kechish

Agar ashyodan tekin foydalanish muddati shartnomada belgilab qoʻyilgan boʻlmasa va shartnomada xabar qilishning boshqa muddati nazarda tutilmagan boʻlsa, har qaysi taraf ikkinchi tarafni bir oy oldin xabardor qilib, shartnomadan xohlagan paytda voz kechishga haqli.

Agar tekin foydalanish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, ssuda oluvchi muddati koʻrsatib tuzilgan shartnomadan ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan tartibda har qachon voz kechishga haqli.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.