Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 629-modda

Tekin foydalanish shartnomasidagi taraflarning oʻzgarishi

Ssuda beruvchi ashyoni boshqa shaxsga berishga yoki uni haq evaziga foydalanish uchun uchinchi shaxsga topshirishga haqli. Bunda avval tuzilgan tekin foydalanish shartnomasi boʻyicha huquqlar yangi mulkdor yoki foydalanuvchiga oʻtadi, uning ashyoga nisbatan huquqlari qatoriga ssuda oluvchining huquqlari qoʻshiladi.

Ssuda beruvchi fuqaro vafot etgan yoxud ssuda beruvchi yuridik shaxs qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan taqdirda tekin foydalanish shartnomasi boʻyicha ularning huquq va burchlari merosxoʻrga yoki boshqa huquqiy vorisga yoxud ashyoga mulk huquqi yoki ashyoni tekin foydalanish uchun topshirishga asos boʻlgan oʻzga huquq oʻtgan boshqa shaxsga oʻtadi.

Ssuda oluvchi yuridik shaxs qayta tashkil etilgan taqdirda, tekin foydalanish shartnomasida boshqa tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, uning shartnoma boʻyicha huquq va majburiyatlari huquqiy vorisga oʻtadi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.