Tekin foydalanish shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish
Ssuda beruvchi quyidagi hollarda shartnomani muddatidan oldin bekor qilishni talab qilishga haqli, agar ssuda oluvchi:
ashyodan shartnomaga yoki ashyoning vazifasiga muvofiq foydalanmasa;
ashyoni soz holatda saqlash yoki uni asrash majburiyatlarini bajarmasa;
ashyoning holatini ancha yomonlashtirsa;
ssuda beruvchining roziligisiz ashyoni uchinchi shaxsga bergan boʻlsa.
Ssuda oluvchi quyidagi hollarda tekin foydalanish shartnomasini muddatidan oldin bekor qilishni talab qilishga haqli:
ashyodan normal foydalanishni mumkin boʻlmaydigan yoki qiyin qilib qoʻyadigan nuqsonlarni aniqlagan boʻlsa, bu nuqsonlar xususida shartnoma tuzish paytida bilmagan va bilishi mumkin boʻlmagan taqdirda;
agar oʻzi javobgar boʻlmagan holatlarga koʻra ashyo undan foydalanish mumkin boʻlmaydigan holatga kelib qolsa;
agar shartnoma tuzishda ssuda beruvchi uni topshirilayotgan ashyoga nisbatan uchinchi shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida ogohlantirmagan boʻlsa;
ssuda beruvchi ashyoni yoki unga mansub ashyolarni va tegishli hujjatlarni berish majburiyatini bajarmasa.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish