Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 698-modda

Pudratchining majburiyatlari

Ilmiy-tekshirish ishlari yoki tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari pudrat shartnomasi boʻyicha pudratchi:

buyurtmachi bilan kelishilgan dastur (texnika-iqtisodiy parametrlar)ga yoki mavzuga muvofiq ishlarni bajarishi va natijasini shartnomada nazarda tutilgan muddatda buyurtmachiga topshirishi;

intellektual mulkni huquqiy muhofaza qilish bilan bogʻliq talablarga rioya etishi;

bajarilgan ishlarda oʻzining aybi bilan yoʻl qoʻyilgan, buyurtmachining texnikaviy topshirigʻida yoki shartnomada nazarda tutilgan texnika-iqtisodiy parametrlardan chekinishga olib kelishi mumkin boʻlgan kamchiliklarni oʻz kuchi bilan va oʻz hisobidan bartaraf etishi;

kutilayotgan natijalarni olish mumkin emasligi yoki ishlarni davom ettirish maqsadga muvofiq emasligi aniqlangan taqdirda, bu haqda buyurtmachini darhol xabardor qilishi;

bunday shartnomalar asosida topshirilgan natijalarga uchinchi shaxslarda alohida huquqlar yoʻqligi haqida buyurtmachiga kafolat berishi shart.

Agar ilmiy-tekshirish yoxud tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari shartnomalarida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, pudratchi:

ishlarni bajarish jarayonida qoʻlga kiritilgan ilmiy-texnikaviy natijalarni buyurtmachining roziligisiz eʼlon qilmasligi;

ishlarni bajarish jarayonida qoʻlga kiritilgan huquqiy muhofazaga loyiq natijalarni himoya qilish choralarini koʻrishi va bu haqda buyurtmachini xabardor qilishi;

buyurtmachiga bajarilgan ishlarda qoʻllanilgan huquqiy muhofazaga loyiq ilmiy-texnikaviy natijalardan foydalanish haqidagi maxsus litsenziyani berishi shart.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.