Qurilishni materiallar va uskunalar bilan taʼminlash
Agar shartnomada butun qurilishni yoki uning muayyan qismini moddiy taʼminlash buyurtmachi tomonidan amalga oshirilishi nazarda tutilgan boʻlmasa, qurilishni materiallar, shu jumladan detallar va konstruksiyalar, shuningdek uskunalar bilan taʼminlash majburiyati pudratchi zimmasida boʻladi.
Qurilishni taʼminlash majburiyatini zimmasiga olgan taraf oʻzi topshirgan materiallar (detallar, konstruksiyalar)dan, shuningdek uskunalardan bajarilayotgan ishlar sifatini yomonlashtirmagan holda foydalanib boʻlmasligi vujudga kelganligi uchun, agar foydalanib boʻlmaslik ikkinchi taraf javob beradigan vaziyatlar tufayli vujudga kelganligini isbot qilmasa, javobgar boʻladi.
Buyurtmachi bergan materiallar yoki uskunalardan bajarilayotgan ishlar sifatini yomonlashtirmagan holda foydalanish mumkin emasligi aniqlangan va buyurtmachi ularni almashtirishdan bosh tortgan taqdirda, pudratchi qurilish pudrati shartnomasidan voz kechishga va buyurtmachidan ishning bajarilgan qismiga mutanosib ravishda shartnoma narxini toʻlashni talab qilishga haqli.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish