Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 669-modda

Qurilish obyektini sugʻurtalash

Agar shartnomada taraflar boshqacha tartib va shartlarni belgilab qoʻygan boʻlmasalar, shartnomada nazarda tutilgan obyektni yoki ishlar majmuini pudratchi oʻz hisobidan sugʻurtalashi shart.

Sugʻurtalash majburiyati yuklatilgan taraf qurilish pudrati shartnomasida nazarda tutilgan tartibda ikkinchi tarafga shartnoma shartlariga muvofiq sugʻurta shartnomasi tuzganini tasdiqlovchi dalillarni, shu jumladan sugʻurta qiluvchi, sugʻurta summasi miqdori va sugʻurtalangan tavakkalchiliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim qilishi kerak.

Sugʻurtalash tegishli tarafni sugʻurta hodisasi yuz berishining oldini olish chora-tadbirlarini koʻrish majburiyatidan ozod qilmaydi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.