Ishni pudratchining materialidan foydalanib bajarish
Agar maishiy pudrat shartnomasi boʻyicha ish pudratchining materialidan foydalanib bajarilsa, buyurtmachi material haqining hammasini shartnoma tuzish vaqtida toʻlaydi yoki uning shartnomada koʻrsatilgan qismi toʻlanib, pudratchi bajargan ishni buyurtmachi qabul qilib olayotganida toʻla hisob-kitob qilinadi.
Maishiy pudrat shartnomasiga binoan material pudratchi tomonidan nasiyaga berilishi, shu jumladan buyurtmachi tomonidan materialning haqini boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan ham berilishi mumkin.
Pudratchi tomonidan berilgan material bahosining maishiy pudrat shartnomasi tuzilganidan soʻng oʻzgarishi qayta hisob-kitob qilishga sabab boʻlmaydi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish