Taklif etilayotgan ish toʻgʻrisida buyurtmachiga axborot berish
Maishiy pudrat shartnomasi tuzilguniga qadar pudratchi taklif qilinayotgan ish, uning turlari va xususiyatlari, bahosi, haq toʻlash shakli toʻgʻrisida buyurtmachiga zarur va ishonarli axborotni topshirishi, shuningdek buyurtmachining iltimosiga binoan shartnomaga va tegishli ishga doir maʼlumotlarni unga berishi shart. Agar ishning xususiyati boʻyicha ahamiyati boʻlsa, pudratchi uni bajaradigan aniq shaxsni koʻrsatishi kerak.
Pudratchidan olingan axborotning toʻliq yoki ishonchli boʻlmaganligi oqibatida buyurtmachi nazarda tutgan xususiyatlarga ega boʻlmagan ishni bajarish toʻgʻrisida shartnoma tuzilgan boʻlsa, buyurtmachi bajarilgan ishga haq toʻlamagan holda maishiy pudrat shartnomasini bekor qilishni va yetkazilgan zararni qoplashni talab qilishga haqli.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish