Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 329-modda

Subsidiar javobgarlik

Qonunchilik yoki majburiyat shartlariga muvofiq asosiy qarzdor boʻlgan boshqa shaxsning javobgarligiga qoʻshimcha ravishda javobgar boʻlgan (subsidiar javobgarlik) shaxsga talablar qoʻyishdan oldin kreditor asosiy qarzdorga talab qoʻyishi kerak.

Agar asosiy qarzdor kreditorning talabini qondirishdan bosh tortsa yoki kreditor undan qoʻyilgan talabga oqilona muddatda javob olmagan boʻlsa, bu talab subsidiar javobgar boʻlgan shaxsga qoʻyilishi mumkin.

Kreditor asosiy qarzdorga boʻlgan oʻz talabini qondirishni subsidiar javobgar shaxsdan talab qilishga haqli emas, basharti bu talab asosiy qarzdorga muqobil talabni hisobga oʻtkazish yoki mablagʻlarni asosiy qarzdordan nizosiz undirib olish yoʻli bilan qondirilishi mumkin boʻlsa.

Subsidiar javobgar shaxs oʻziga kreditor tomonidan qoʻyilgan talabni qondirishdan oldin bu haqda asosiy qarzdorni ogohlantirishi, bordi-yu bunday shaxsga nisbatan daʼvo qoʻzgʻatilgan boʻlsa — asosiy qarzdorni ishda qatnashishga jalb qilishi kerak. Aks holda asosiy qarzdor oʻzining kreditorga qarshi eʼtirozlarini subsidiar javobgar shaxsning regress talabiga qarshi qoʻyish huquqiga ega.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.