Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 362-modda

Uchinchi shaxs foydasiga tuziladigan shartnoma

Taraflar qarzdor ijroni kreditorga emas, balki shartnomada koʻrsatilgan yoki koʻrsatilmagan, qarzdordan majburiyatni oʻz foydasiga bajarishni talab qilish huquqiga ega boʻlgan uchinchi shaxsga bajarishi majbur deb belgilab qoʻygan shartnoma uchinchi shaxs foydasiga tuzilgan shartnoma deyiladi.

Agar qonunchilikda yoki shartnomada oʻzgacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, uchinchi shaxs shartnoma boʻyicha oʻz huquqidan foydalanish niyatini qarzdorga bildirgan paytdan boshlab taraflar oʻzlari tuzgan shartnomani uchinchi shaxsning roziligisiz bekor qilishlari yoki oʻzgartirishlari mumkin emas.

Qarzdor kreditorga qarshi qoʻyishi mumkin boʻlgan eʼtirozlarini shartnomada uchinchi shaxsning talablariga qarshi qoʻyishga haqli.

Uchinchi shaxs shartnoma boʻyicha oʻziga berilgan huquqdan foydalanishdan voz kechgan taqdirda, basharti qonunchilik va shartnomaga zid boʻlmasa, kreditor bu huquqdan foydalanishi mumkin.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.