Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 357-modda

Shartnomaning amal qilishi

Shartnoma tuzilgan paytidan boshlab kuchga kiradi va taraflar uchun majburiy boʻlib qoladi. Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalaridan ajratiladigan mablagʻlar boʻyicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalar, shuningdek ularga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar gʻaznachilik organlarida roʻyxatdan oʻtkazilganidan keyin kuchga kiradi.

Taraflar oʻzlari tuzgan shartnomaning shartlarini ularning shartnoma tuzishidan oldin vujudga kelgan munosabatlariga nisbatan qoʻllaniladi deb belgilab qoʻyishga haqlidirlar.

Qonunda yoki shartnomada shartnomaning amal qilish muddati tugashi taraflarning shartnoma boʻyicha majburiyatlari bekor boʻlishiga olib keladi, deb belgilanishi mumkin.

Bunday shart yozib qoʻyilmagan shartnoma taraflar majburiyatni bajarishining shartnomada belgilab qoʻyilgan oxirgi muddatigacha amal qiladi, deb hisoblanadi.

Shartnomaning amal qilish muddati tugashi taraflarni uni buzganlik uchun javobgarlikdan ozod qilmaydi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.