Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 379-modda

Kimoshdi savdosida shartnoma tuzish

Agar shartnomaning mazmunidan boshqacha tartib anglashilmasa, u kim oshdi savdosini oʻtkazish yoʻli bilan tuzilishi mumkin. Shartnoma kimoshdi savdosida gʻolib chiqqan shaxs bilan tuziladi.

Ashyoning mulkdori yoki mulkiy huquq egasi yoxud ixtisoslashgan tashkilot kimoshdi savdosining tashkilotchisi boʻlishi mumkin. Ixtisoslashgan tashkilot ashyoning mulkdori yoki mulkiy huquq egasi bilan shartnoma tuzish asosida ish olib boradi va ular nomidan yoki oʻz nomidan harakat qiladi.

Ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunda koʻrsatilgan hollarda ashyoni yoki mulkiy huquqni sotish toʻgʻrisidagi shartnomalar faqat kimoshdi savdosi oʻtkazish yoʻli bilan tuzilishi mumkin.

Kimoshdi savdosi auksion yoki tanlov shaklida oʻtkaziladi.

Kimoshdi savdosining shakli, agar qonunda boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, sotiladigan ashyoning mulkdori yoki sotiladigan mulkiy huquqning egasi tomonidan belgilanadi.

Faqat bitta ishtirokchi qatnashgan auksion va tanlov oʻtkazilmagan hisoblanadi.

Ushbu Kodeksning 380 va 381-moddalarida nazarda tutilgan qoidalar, agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, sud qarorini ijro etish tartibida oʻtkaziladigan kimoshdi savdosiga nisbatan ham qoʻllaniladi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.