Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 354-modda

Shartnoma tuzish erkinligi

Fuqarolar va yuridik shaxslar shartnoma tuzishda erkindirlar.

Shartnoma tuzishga majbur qilishga yoʻl qoʻyilmaydi, shartnoma tuzish burchi ushbu Kodeksda, boshqa qonunda yoki olingan majburiyatda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Taraflar qonunchilikda nazarda tutilmagan shartnomani ham tuzishlari mumkin.

Taraflar turli shartnomalarning elementlarini oʻz ichiga oladigan shartnoma (aralash shartnoma) tuzishlari mumkin. Aralash shartnoma boʻyicha taraflarning munosabatlariga, agar taraflarning kelishuvidan yoki aralash shartnomaning mohiyatidan boshqacha tartib anglashilmasa, elementlari aralash shartnomada boʻlgan shartnomalar toʻgʻrisidagi qoidalar qoʻllaniladi.

Shartnomaning shartlari taraflarning xohishi bilan belgilanadi, tegishli shartning mazmuni qonunchilikda koʻrsatib qoʻyilgan hollar bundan mustasno.

Shartnomaning sharti taraflar kelishuvida boshqacha tartib belgilab qoʻyilmaganligi tufayli qoʻllaniladigan norma (dispozitiv norma)da nazarda tutilgan hollarda taraflar oʻzaro kelishib, uning qoʻllanishini bekor qilishlari yoki unda nazarda tutilganidan boshqacha shartni belgilashlari mumkin. Bunday kelishuv boʻlmaganda shartnomaning sharti dispozitiv norma bilan belgilanadi.

Agar shartnoma shartlari taraflar yoki dispozitiv norma bilan belgilab qoʻyilgan boʻlmasa, tegishli shartlar taraflar oʻrtasidagi munosabatlarga nisbatan qoʻllanilishi mumkin boʻlgan ish muomalasi odatlari bilan belgilanadi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.